Tayyorgarlik

To'yga tayyorgarlik ro'yxati: 12 oy oldindan to'y kunigacha (33 qadam)

· e-Bazm

Yaxshi to'y — bu puxta reja. Eng ko'p tashvish oxirgi oyga qoldirilgan ishlardan chiqadi: mashhur to'yxona va artistlar mavsumda bir necha oy oldin band bo'lib qoladi, kelin ko'ylagi tikilishi ham vaqt talab qiladi. Quyida to'yga tayyorgarlikni 7 bosqichga bo'lib, har bir bosqichda nimani qilish kerakligini yozdik.

Onlayn variant: shu ro'yxat e-Bazm'da interaktiv — to'y sanasini kiritsangiz, har bir bosqichning muddati o'zi hisoblanadi, belgilaganlaringiz saqlanib qoladi. ebazm.uz/#check

12–9 oy oldin

  • Taxminiy byudjetni belgilang
  • Mehmonlar sonini taxminan aniqlang
  • To'y sanasini ikki oila bilan kelishib oling
  • To'yxonani tanlang va band qiling — topish
  • Tashkilotchi kerakmi — hal qiling — topish

9–6 oy oldin

  • Fotograf va videografni band qiling — topish
  • Artist yoki xonandani band qiling — topish
  • Boshlovchini tanlang — topish
  • Kelin ko'ylagini tanlang — topish
  • Nahor oshi uchun oshpaz bilan kelishing — topish

6–3 oy oldin

  • Bezak va gullarni tanlang — topish
  • To'y avtomobilini band qiling (nizom: 3 tagacha) — topish
  • Raqs guruhi yoki karnay-surnayni tanlang — topish
  • Mehmonlar ro'yxatini tuzing
  • Kuyov kostyumini tanlang

3–1 oy oldin

  • Onlayn taklifnoma yarating
  • To'y tortiga buyurtma bering — topish
  • Go'zallik salonida sinov (probniy) obraz — topish
  • Menyu va to'y dasturini kelishing
  • Kelishuvlarni yozma rasmiylashtiring (narx, avans, bekor qilish)

1 oy – 1 hafta oldin

  • Taklifnomalarni yuboring va javoblarni yig'ing
  • Avanslarni to'lang, cheklarni saqlang
  • Stollar joylashuvini tuzing
  • Dastur vaqtlarini barcha xizmat ko'rsatuvchilarga yuboring
  • Oilaviy tantanalar talablarini tekshiring

So'nggi hafta

  • Har bir xizmat ko'rsatuvchi bilan qayta tasdiqlang
  • Ko'ylak va kostyumning oxirgi primerkasi
  • Taklifnomaga to'yona kartasini qo'shing (ixtiyoriy)
  • To'y kuni uchun mas'ul shaxsni tayinlang

To'ydan keyin

  • Xizmat ko'rsatuvchilarga baho qoldiring
  • Foto va videolarni qabul qilib oling
  • «To'yona daftari»ni bank kirimlari bilan solishtiring
  • Mehmonlarga minnatdorchilik bildiring

Muddatlar haqida

Ko'p beriladigan savollar

To'yga tayyorgarlikni qachon boshlash kerak?

Ideal holatda 9–12 oy oldin: avval byudjet, mehmonlar soni va sana, keyin to'yxona. Qolgan xizmatlar to'yxona va sana aniq bo'lgach band qilinadi.

Avval nimani band qilish kerak?

To'yxonani — chunki sana va mehmonlar sig'imi unga bog'liq. Undan keyin fotograf, artist va boshlovchi; ular mavsumda tez band bo'ladi.

Onlayn ro'yxat pullikmi?

Yo'q, e-Bazm'dagi tayyorgarlik ro'yxati bepul. Ro'yxatdan o'tsangiz, belgilaringiz hisobingizga saqlanadi va istalgan qurilmada ko'rinadi.

Ro'yxatni onlayn yuriting

Sanani kiriting — muddatlar o'zi hisoblanadi; belgilaganlaringiz saqlanadi.